Toshkentda dorixona ishchisi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Toshkentda dorixona ishchisi jinoyat ustida qo‘lga olindi

27 iyun kuni soat 18.00 da Shayxontohur tumanida «Elita Farm LTD» MCHJga tegishli dorixonaning 45 yoshli ishchisi Nurali K. 1.200.000 so‘m evaziga 12 flakon «Tropikamid» sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi 3 qismi («Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

4 iyul kuni soat 14.30 da Mirzo-Ulug‘bek metro bekati yaqinida profilaktik tadbirlar olib borilishi davomida jinoyat qidiruv xodimlari shubha uyg‘otgan yigitni to‘xtatishdi. 20 yoshli samarqandlik Samariddinbek M. tekshirilganda, uning sumkasidan 37 ta tabletka «Pregabalin» topildi. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi bo‘yicha («Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish») jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!