Toshkentda devor teshib o‘g‘rilikka tushgan "kalamush"lar kuzatuv kamerasiga tushib qoldi

Toshkentda devor teshib o‘g‘rilikka tushgan "kalamush"lar kuzatuv kamerasiga tushib qoldi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, samarqandlik uch nafar shaxs Toshkent shahri Olmazor tumani hududida joylashgan tamaki mahsulotlari do‘koniga g‘ayriqonuniy yo‘l bilan kirib o‘g‘rilik jinoyatini sodir etishgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv natijalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni 1970-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Rustam hamda uning jinoiy sheriklari – Bahodir va Shodiyor ismli shaxslar sodir etganligi aniqlangan.

Tezkor tergov guruhining aniqlashicha, ular do‘konga o‘tkir uchli temir bo‘laklari bilan devorni teshish orqali kirgan va do‘kondan 46 million so‘mlik mahsulotni olib chiqib ketishgan.

51 yoshli Rustam sigaret do‘konini o‘marishdan oldin do‘konni bir necha marta kuzatgani va u yerga kirgani hamda eshikni buzib kirish mumkinligini sezganini aytadi. Ular o‘g‘rilik vaqtida avval eshikni buzishgan, ammo eshik boshqa xonaga olib kirgani bois qo‘shni xonada joylashgan do‘konning devorini buzib kirgan. Rustam ismli ushbu shaxs oldin ham bir necha marta sudlangan bo‘lib chiqdi.

Ushbu shaxslar o‘g‘rilikdan keyin Samarqand viloyatiga qochib ketishgan. Tezkor guruh ularni qo‘lga olib, Olmazor tumani IIB tergov bo‘limiga topshirgan. Bunga qadar ular o‘g‘irlangan sigaretlarni 14 mln. so‘mga sotib, bo‘lishib olishgan.

Holat bo‘yicha JKning tegishli moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ushbu shaxslar qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!