Toshkentda "bolalar pamperslari va ayollar gigiyena vositalari mojarosi" yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda "bolalar pamperslari va ayollar gigiyena vositalari mojarosi" yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkent shahri. 2020 yilning fevral oyida fuqaro 34 yoshli E.Abdusamad o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Uchtepa tumani Birlik mahallasida joylashgan omborxonadan fuqaro 30 yoshli A.Abdulazizga tegishli jami narxi 400 000 000 so‘mlik bolalar pamperslari va ayollar gigiyena vositalarini sotib berish sharti bilan qo‘lga kiritib, o‘zga shaxslarga sotib pullarini o‘zining ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan E.Abdusamadga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!