Toshkentda ayollardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkentda ayollardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta ayollarning bozorlarda o‘g‘rilik sodir etayotganligi haqidagi xabarlar va videotasvirlar tarqalmoqda. Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida quyidagilar aniqlandi.

2022 yil 9 yanvar taxminan soat 12:30 larda to‘rt nafar noma’lum ayollar Chilonzor buyum savdo kompleksidagi do‘konlarning biriga xaridor sifatida kelib, sotuvchi chalg‘iganligidan foydalanib, 280.000 so‘mlik buyumlarni yashirin ravishda olib ketishgan.

Ko‘rilgan tezkor tadbirlar natijasida ayollar aniqlanib, ular tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan.

Hozirda ushbu ayollar YU.Z., X.D., M.X., A.S.larga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!