Toshkentda ayol kiberjinoyat qurboni bo‘ldi

Toshkentda ayol kiberjinoyat qurboni bo‘ldi

Yaqinda Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi Kristina Sergeeva (voqea qatnashchisining ism-familiyasi o‘zgartirildi) ham firibgarlar tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi kiber jinoyat qurboni bo‘ldi.

Ya’ni, noma’lum shaxs kompyuter tizimi orqali uning bank plastik kartasi maxfiy kodlarini o‘zlashtirib, 4 million 200 ming so‘m pullarini yechib oladi.

Bundan xabar topgan jabrlanuvchi esa, zudlik bilan osoyishtalik posbonlariga xabar beradi. Endilikda, ichki ishlar organlari tomonidan mazkur jinoyatni sodir etgan noma’lum kimsani aniqlash va uni qo‘lga olish choralari ko‘rilgan.

O‘ylaymizki, o‘zganing haqqiga xiyonat qilgan bu firibgar ham albatta, qilmishiga yarasha qonuniy jazosini oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!