Toshkentda avtobus ishtirokida falokat sodir bo‘ldi

Toshkentda avtobus ishtirokida falokat sodir bo‘ldi

Joriy yilning 7 mart kuni soat 23:40 larda “102” tizimiga tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahar, Olmazor tumani, "Forobiy" va "Beruniy" ko‘chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.E. o‘z boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomobilda svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanib chiqishi oqibatida, yashil chiroqda harakatlanayotgan haydovchi, 1960 yilda tug‘ilgan I.V. boshqaruvidagi “Isuzu” (8-avtobus saroyiga tegishli) rusumli avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, “Nexia” rusumli avtomobil haydovchisi 35 yoshli A.E. va yo‘lovchi, 29 yoshli N.K.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!