Toshkentda 9 oy ichida jinoyatchilik darajasi ortdi

Toshkentda 9 oy ichida jinoyatchilik darajasi ortdi

Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan qonunbuzilish holatlari ko‘paymoqda.

“Jumladan, o‘tgan davrda 11 196 ta jinoyat sodir etildi. Ularning 4 318 tasi fosh etildi. Xususan, firibgarlik jinoyatlari ortyapti”, - deyilgan poytaxt hokimligi xabarida.

Sessiyada har bir tumanda “jinoyat o‘chog‘i”ga aylangan og‘ir mahallalar tanlab olinib, qo‘shimcha kuch va vositalar ajratilgani ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!