Toshkentda 38 yoshli erkak 61 yoshli ayolni chuv tushirdi

Toshkentda 38 yoshli erkak 61 yoshli ayolni chuv tushirdi

Mirobod tumani ichki ishlar organlariga 61 yoshli Margarita V. murojaat qilib, 2020 yilning avgust oyida 38 yoshli Zabixullo S.ga jami 2.000.000 so‘mlik 8,64 gr.li tilla taqinchoqlarni ta’mirlash uchun berganini ma’lum qildi. Aniqlanishicha, Zabixullo S. tilla taqinchoqlarni sotib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!