Toshkentda 300 ming AQSh dollarini antiqa usulda chetga olib chiqmoqchi bo‘lgan ayol va uning sherigi qo‘lga olindi

Toshkentda 300 ming AQSh dollarini antiqa usulda chetga olib chiqmoqchi bo‘lgan ayol va uning sherigi qo‘lga olindi

Davlat bojxona qo‘mitasining "Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari va “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari 300 ming AQSh dollaridan ortiqroq naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishga bo‘lgan navbatdagi urinishni bartaraf qilishdi.

Shaxsiy ko‘rik davomida ikki yo‘lovchi (biri ayol) bojxona xodimlarining ko‘zini shamg‘alat qilishga urinib, naqd xorijiy valyutalarni bagajdagi daftalar orasiga, egnidagi kiyimi cho‘ntaklariga hamda beliga yashirib olgani fosh bo‘ldi.

Fuqarolar bu pullarni birovning iltimosiga ko‘ra, 200 AQSh dollari xizmat haqi evaziga olib o‘tib bermoqchi bo‘lganini ma’lum qilishdi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!