Toshkentda 2 kilometrli yangi yo‘l va ko‘prik foydalanishga topshirildi

Toshkentda  2 kilometrli yangi yo‘l  va ko‘prik foydalanishga topshirildi

Kecha, 19 oktyabrdan Toshknet shahri Sergeli bilan Yakkasaroy tumanlarini bog‘laydigan qo‘shimcha yo‘l foydalanishga topshirildi.
Prezident Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugungi kunda Cho‘ponota ko‘chasidan Toshkent halqa yo‘ligacha qariyb 2 kilometrlik trassa qurib bitkazilgan. Uning Kichik halqa yo‘li ustidan o‘tgan qismida 788 metrlik ko‘prik va Toshkent halqa yo‘liga tutashgan joyida ikkita 207 metrlik yo‘l o‘tkazgich barpo etilgan.

Mazkur ob’ektning ochilishi oldidan davlat rahbari yangi yo‘lni ko‘zdan kechirdi.

Qayd etilishicha, ushbu yangi yo‘l va ko‘priklar muhandislik yechimiga ko‘ra juda qulay.
Birinchidan, mazkur yangi ko‘cha Toshkentning eng yirik transport arteriyalari – kichik va katta halqa yo‘llari bilan kesishadi.

Ikkinchidan, transportlarning yangi ko‘prikka chiqishi ham, undan tushishi qulay. Hech qanday svetofor yoki qayrilib olishsiz, boshqalarga xalaqit bermagan holda, keyingi yo‘nalishga qo‘shilib ketish mumkin.
Ayni paytda loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida jadal ish olib borilmoqda. Toshkent halqa yo‘lidan Qipchoq ko‘chasigacha bo‘lgan 4 kilometrdan ziyod yo‘l qurilmoqda.

Umuman, 6 qatorli mazkur yo‘l va ko‘priklar soatiga 12 mingtagacha avtotransportni o‘tkazish quvatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa, Sergeli tumanidan shahar markaziga yetib borish vaqti oldingi 40-50 daqiqa o‘rniga 20 daqiqani tashkil qiladi. Yangi Sergeli ko‘chasidagi tirbandlik ikki baravarga qisqaradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!