Toshkentda 14 yoshli bolaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda 14 yoshli bolaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 01:30 larda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tgan 4R20 “Qorasuv –Bekobod” avtomobil yo‘lining 8-kilometrida haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan T.M. boshqaruvida bo‘lgan "Matiz" hamda haydovchi 1978 yilda tug‘ilgan G.E. boshqaruvida bo‘lgan "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida "Damas" haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonida turgan 2007 yilda tug‘ilgan piyoda A.K.ni urib yuborgan.

Natijada fuqaro A.K. olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Olib borilgan dastlabki tergov oldi surishtiruv jarayonlarida “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi Nurafshon shahar tibbiyot bo‘limi shifokorining xulosasiga ko‘ra, mast holda ekanligi aniqlangan. Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-modda 2-qismiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!