Toshkentda 100 ming so‘mlik kupyuralarni qalbakilashtirganlar qo‘lga olindi

Toshkentda 100 ming so‘mlik kupyuralarni qalbakilashtirganlar qo‘lga olindi

Toshkentning Olmazor tumanida qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralarni ishlab chiqarayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Departament, DXX va IIBBning Olmazor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.N. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro M.ga 100 ming so‘mlik kupyuradagi 500 dona qalbaki 50 million so‘mni har birini 20 ming so‘mdan hisoblab, 10 million so‘mga o‘tkazgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, tadbirda A.N. bilan birga kelgan fuqaroning avtomashinasi va yashash xonadoni tekshirilganda, yana 66 dona seriya va raqamlari bir xil bo‘lgan qalbaki 100 ming so‘mlik kupyura, qalbaki pullarni yasashda foydalanilgan rangli printer va boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Yuz ming so‘mlik kupyura 2019 yilning 25 fevralidan boshlab muomalaga chiqarilgandi. Uni qalbakilashtirish holatlari avval ham ko‘p qayd etilgan. Xususan, ToshkentSamarqandAndijon, Namanganda qalbaki kupyuralarni bozorda muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!