Toshkentda 10 yashar o‘g‘il bolani zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgan erkakning shaxsi aniqlandi

Toshkentda 10 yashar o‘g‘il bolani zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgan erkakning shaxsi aniqlandi

Internet tarmog‘ida voyaga yetmaganga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichi bilan bog‘liq hodisa haqida xabar tarqalmoqda. Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Joriy yilning 28 fevral kuni Chilonzor tumani IIO FMBga 30 yoshli Bobur J. murojaat qildi. Fuqaro o‘z arizasida uning 10 yoshli o‘g‘liga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichiga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi. Otaning murojaatidan so‘ng mazkur fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olindi.
Mazkur fakt bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129 moddasi 1 qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

So‘nggi xabarga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlandi, u 47 yoshli G‘ayrat D. Hozirgi kunda u ushlangan va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 119-moddasi 4-qismi bilan ayb e’lon qilinib, sud tomonidan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!