Toshkentda 10 yashar bolani urgan erkakka sud hukmi o‘qildi (VIDEO)

Toshkentda 10 yashar bolani urgan erkakka sud hukmi o‘qildi (VIDEO)

Katta yoshli erkak voyaga yetmagan bolani urayotgani tasvirlangan video lavha avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining ochiq sud majlisida, sudya Ja’far Kurbanov raisligida 35 yoshli erkakka nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, katta yoshli fuqaro 2021 yil 22 avgust kuni soat 14:20 larda voyaga yetmagan qo‘shnisiga qo‘l ko‘taradi. Bunga esa voyaga yetmagan qo‘shnisi uning o‘g‘lini urganini sabab qilib ko‘rsatadi. Mazkur holatdan jaxli chiqqan fuqaro jabrlanuvchiga qasddan bosh va yuz qismiga tan jaroxati yetkazganligi aniqlandi.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan bolaga sog‘lig‘ini qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jaroxati yetganligi haqida xulosa bergan.

Sudda sudlanuvchi erkak Jinoyat kodeksi 109-moddasining 2-qismi bilan aybli deb topildi. Jinoyat kodeksi 109-moddasining 2-qismi bilan oylik ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 1 yilu 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida, uning 2021 yil 24 avgust kunidan 28 sentyabr kuniga qadar dastlabki qamoqda saqlangan 1 oyu 4 kunini har bir kunini tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosining uch kuniga tenglashtirib, tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosidan chegirib tashlab, unga uzil-kesil o‘tash uchun ish haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yilu 2 oy 18 kun axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirildi.

Hukmdan norozi taraf hukm e’lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi va jabrlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab, yigirma sutka ichida Toshkent shahar sudiga apellyasiya tartibida shikoyat berishi yoki prokuror protest bildirishga haqli ekani bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!