Toshkent viloyatida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkent viloyatida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar R.B. va O.A.lar o‘zaro til biriktirib, fuqaro R.ga 77,9 ming Turkmaniston manatini 6 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Chilonzor tumanida joylashgan “Korzinka” savdo markazi oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B.A. va A.Q.lar o‘zaro til biriktirib, 213 ming Turkmaniston manatini fuqaro R.ga 13 ming AQSh dollari va 60 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!