Toshkent viloyatida o‘quvchi qizlar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi (VIDEO)

Toshkent viloyatida o‘quvchi qizlar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi (VIDEO)

Parkentda qizlar janjallashgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, videodagi janjal joriy yilning iyun oyida, Parkent tumani 43-maktabning 2 nafar, 2003 va 2004 yilda tug‘ilgan bitiruvchi (o‘quvchi) qizlari o‘rtasida kelib chiqqan.

Shu kunga qadar, ular yoki yaqinlari tomonidan IIOga mazkur voqea bilan bog‘liq murojaat yoki ariza kelib tushmagan.

Video janjalni tomosha qilgan yigit (2002 y.t. S.Z.) tomonidan tasvirga olingan va bugungi kunga kelib ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan.

Ushbu shaxslarning xatti-harakatida MJtKning 183-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari bo‘lganligi sababli, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun JIB Parkent tumani sudiga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!