Toshkent viloyatida ijaraga berilgan yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Toshkent viloyatida ijaraga berilgan yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Toshkent viloyati prokuraturasi IIV JQB Korrupsiya va IJQK boshqarmasi bilan hamkorlikda yer resurslarini talon-toroj qilinishining oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyat prokuraturasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, A.B. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi U.Yusupov massividan tuman hokimining 07.08.2019 yildagi qarori bilan “XALQOBOD DILOROM AGRO” fermer xo‘jaligiga 49 yil muddatga ijara asosida ajratilgan jami 36,8 ga sug‘oriladigan yer maydonini noqonuniy ravishda M.F.ga 100 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, kelishilgan pullardan 25 ming AQSh dollarini murojaatchidan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (Sug‘oriladigan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!