Toshkent viloyatida bir-biriga qo‘shni bo‘lgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatida bir-biriga qo‘shni bo‘lgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 27 sentyabr kuni soat 08:47da Toshkent viloyati Toshkent tumani FV bo‘limiga Toshkent tumani “Fayzobod” MFY M.Ulug‘bek ko‘chasidagi 8-uy hamda unga qo‘shni bo‘lgan M.Yusuf ko‘chasidagi 75-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 08:50 da yetib borib, soat 08:55da yong‘in o‘rab olingan va soat 09:30 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida M.Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan 8-uyning 60 kv.m maydoni, M.Yusuf ko‘chasidagi 75-uyning 60 kv.m maydoni yonib zaralangan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida M.Ulug‘bek ko‘chasidagi 8-uyning 200 kv.m maydoni, M.Yusuf ko‘chasidagi 75-uyning 100 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!