Toshkent viloyatida avtobus Gentra bilan to‘qnashib, ag‘darildi — jabrlanganlar bor (video)

Toshkent viloyatida avtobus Gentra bilan to‘qnashib, ag‘darildi — jabrlanganlar bor (video)

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida avtobus va Gentra ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida uch kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, avariya 2 sentyabr kuni soat taxminan 18:30 da «Toshkent–O‘sh» avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi qismida sodir bo‘lgan.

62 yoshli Isuzu rusumli yo‘lovchi avtobusi haydovchisi ruxsat etilgan joyda qayrilib olayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Gentra bilan to‘qnashgan. Zarba oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan.

Hodisa natijasida 29 yoshli Gentra haydovchisi va avtobusda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.