Toshkent va Ufa qo‘shma investisiya loyihalarini belgilab oldi

Toshkent va Ufa qo‘shma investisiya loyihalarini belgilab oldi

Bugun Boshqirdiston Respublikasi bosh vaziri Andrey Nazarov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashdi.

“Biz O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlashda davom etmoqdamiz. Biz Toshkent shahar hokimi bilan oktyabr oyida Ufa shahrida Toshkent kunlarini o‘tkazishga kelishib oldik.

Sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi xomashyosini ishlab chiqarish va qayta ishlash hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma investisiya loyihalarini belgilab oldik», - deb yozdi Nazarov o‘z Telegram-kanalida.

1️⃣ Boshqirdistonda tabiiy gaz quyish shoxobchalari tarmog‘i;

2️⃣Blagoveshensk tumanida avtomobil transporti uchun to‘liq metall gaz ballonlarini ishlab chiqarish zavodi;

3️⃣ Uchalinskiy tumanida fanera ishlab chiqarish korxonasi quriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!