Toshkent va Farg‘ona vodiysining ba’zi hududlarida qor yog‘moqda

Toshkent va Farg‘ona vodiysining ba’zi hududlarida qor yog‘moqda

Respublikaning Toshkent va Farg‘ona vodiy viloyati ba’zi hududlarida qor yog‘moqda.

Garchi, soat 08:00 holatiga Andijon va Namangan shaharlarda mayda shivalama yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lsada, ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining shimoliy hamda ko‘plab tumanlari, Andijon viloyatining sharqiy tumanlarida yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kelib tushmoqda.

O‘zgidrometga ko‘ra, Farg‘ona shahri va viloyatning ko‘plab tumanlarida qor boshlanganiga ancha bo‘lib qoldi.

Qor hodisasi ko‘p bo‘lmasada vodiyliklar uchun olam-olam quvonch olib keldi.

O‘zgidromet bugun kunning birinchi yarmida Farg‘ona vodiy viloyatlarida biroz yog‘ingarchiliklar bo‘lishi to‘g‘risida prognoz berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!