Toshkent shahrining 10 ta markaziy ko‘chalarida pulli “parkovka”lar bo‘ladi

Toshkent shahrining 10 ta markaziy ko‘chalarida pulli “parkovka”lar bo‘ladi

Toshkent shahrining 10 ta markaziy ko‘chalarida yo‘l bo‘yi pulli to‘xtash joylarini tashkil etish rejallashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, boshqarma tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan «Toshkent shahrida avtotransport vositalari to‘xtash joylari va muammolari to‘g‘risida»gi so‘rovnomaga ko‘ra, ishtirok etgan 8368 nafar qatnashchidan 8117 nafari, yani 97 foizi yo‘l bo‘yida noto‘g‘ri to‘xtash tufayli harakatlanishda qiyinchiliklarga duch kelganini aytgan.

Shu asnoda Prezidentning 2022 yil 2 fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, 2022 yilda 10 ta markaziy ko‘chada, ya’ni Glinka, Bratislava, Mirobod, Avliyo ota, Taras Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib, Fidokor, Sodiq Azimov va Yakub Kolas ko‘chalarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pulli to‘xtash joylarini tashkil etish belgilangan.

  1. Glinka ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 202 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 20 ta;
  2. Bratislava ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 84 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 2 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 8 ta;
  3. Mirobod ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 385 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 35 ta;
  4. Avliyo ota ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 150 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 15 ta;
  5. Taras Shevchenko ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta;
  6. Said Baraka ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta;
  7. Moshtabib ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 165 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 16 ta;
  8. Fidokor ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 120 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 12 ta;
  9. Sodiq Azimov ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 324 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 32 ta;
  10. Yakub Kolas ko‘chasi — yo‘l bo‘yi avtomobil to‘xtash joyi sig‘imi 180 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 18 ta.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!