Toshkent shahridagi trikotaj korxonalari Bo‘zsuv kanalidagi suvlarni zararlamoqda

Toshkent shahridagi trikotaj korxonalari Bo‘zsuv kanalidagi suvlarni zararlamoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi "Toshkent shahar suv ta'minoti" MCHJga qarashli Bo‘zsuv aerostansiyasidan chiqayotgan, yetarli darajada tozalanmagan suvlar Bo‘zsuv kanaliga tashlanayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan holat o‘rganilganda Toshkent shahridagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ish jarayonlarida hosil bo‘ladigan oqova suvlari birlamchi lokal tozalash inshootiga tozalanmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashlanayotanligi, natijada aerostansiyaning suv tozalash samaradorligi pasayib ketganligi va suvning rangi o‘zgarishiga sabab bo‘lgani aniqlandi.

Ta’kidlanshicha, Qo‘mitasi korxona mutasaddilariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, birlamchi lokal tozalash inshootining belgilangan meyorlar asosida ishlashini qat’iy nazoratga olishlarini aytgan. Buning uchun esa Koreya tajribasi sinovidan o‘tgan elektron monitoring tizimini (ifloslantiruvchi moddalarni elektron o‘lchash uskunasi) o‘rnatish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirilgan. Suv tozalash inshootlariga ifloslantiruvchi moddalarni me’yoridan ortiqcha tashlab kelayotgan korxonalarning qonuniy javobgarligini ta’minlash kelgusida bunday holatlarning oldini olishda yuqori samara berishini ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!