Toshkent shahridagi masjidlarga yangi imom xatiblari tayinlandi

Toshkent shahridagi masjidlarga yangi imom xatiblari tayinlandi

Toshkent shahri Uchtepa tumani «Said Vaqos ota» jome masjidi imom-xatibi Foziljon domla Ubaydullayev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi jome masjidlarda ko‘p yillar xizmat qilgan Rahimberdi domla Rahmonov Toshkent shahri Shayxontahur tumani «Kamolon» dahasidagi «Xo‘ja Alambardor» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.

Ushbu imom-xatiblarning ish faoliyatlarida Alloh taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!