Toshkent shahri va viloyatida yana184 kishida koronavirus aniqlandi

Toshkent shahri va viloyatida yana184 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 29 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 252 (+184) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:
— Toshkent shahrida 248 nafar, 
— Toshkent viloyatida 106 nafar, 
— Andijon viloyatida 12 nafar, 
— Samarqand viloyatida 10 nafar, 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar, 
— Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
— Farg‘ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib yurtimizda 52 859 (+393) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 928 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!