Toshkent shahar IIBB 13 yashar yigitni qidiruvga berdi (FOTO)

Toshkent shahar IIBB 13 yashar yigitni qidiruvga berdi (FOTO)

Toshkent shahar IIBB 2008 yilda tug‘ilgan O‘rmonov Umar ibn Roziyalloxu Usmon o‘g‘li qidiruvga berilganini e’lon qildi.

"2008 yilda tug‘ilgan O‘rmonov Umar ibn Roziyalloxu Usmon o‘g‘li joriy yilning 3 iyun kuni soat taxminan 21.30larda Chilonzor tumani 19-mavzeda joylashgan yashash joyidan chiqib, noma’lum tomonga harakatlanib ketib qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, ozg‘indan kelgan, yuzi biroz cho‘zinchoq, ko‘zlari qora dumaloq, sochlari qora.
Aloxida belgilari: yuzining chap sohasida xoli bor, chap qoshining pastki qismida chandig‘i bor.

Egnida: oq rangli futbolka, qora rangli shortik va oyog‘ida oq rangli shippak bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar! Agar siz O‘rmonov Umar haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz".

Toshkent shahar IIBB 13 yashar yigitni qidiruvga berdi (FOTO)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!