Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” TIF bojxona postida navbatdagi qonunbuzilish holatlari fosh etildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” TIF bojxona postida navbatdagi qonunbuzilish holatlari fosh etildi

Xorijdan yuk konteynerida keltirilgan va bojxona rasmiylashtiruvida davomida avtomatik tarzda “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilgan 2 turdagi sintetik va to‘qimachilik mato tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida umumiy qiymati 1,8 mlrd. so‘mlik salkam 6.5 tonna matolar hujjatlarda ko‘rsatilmaganligi, shuningdek bojxona yuk deklarasiyasida ko‘rsatilganidan ortiqcha miqdorda ekanligi aniqlandi.
Agarda mazkur tovarlar qonuniy yo‘l orqali olib kirilganida 160 mln. so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari davlat byudjetiga undirilar edi.

Yana bir holatda xorijdan keltirilgan yuklar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yuk konteynerida hujjatlarda qayd etilmagan umumiy qiymati 1 mlrd. 633 mln. so‘mlik 13 turdagi tibbiy texnika buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!