Toshkent metrosida poyezd to‘xtab qoldi

Toshkent metrosida poyezd to‘xtab qoldi

Bugun, 16 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda bu bilan bog‘liq video tarqaldi.

Qayd etilishicha, soat 17:33 lar atrofida "Chorsu" bekatidan "Tinchlik" bekatiga harakatlanayotgan 33-sonli harakat tarkibining vagonlarini yorug‘lik chiroqlari bilan ta’minlash tizimida qisqa muddatli nosozlik yuzaga kelgan.

"Toshkent metropoliteni" DUK bu haqda xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, mashinist belgilangan yo‘riqnomaga asosan harakat tezligini pasaytirib, "Tinchlik" bekatiga kirib kelgan va yo‘lovchilarni shu bekatda qoldirgan. 2 daqiqadan so‘ng ortdan kelgan 31-sonli harakat tarkibi bekatdagi barcha yo‘lovchilarni "Beruniy" bekatigacha olib borgan.

"Hozirda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda",-deyilmoqda keltirilgan noqulaylik uchun barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!