Toshkent metrosida nosozlik sabab yo‘lovchilar tushirildi

Toshkent metrosida nosozlik sabab yo‘lovchilar tushirildi

Bugun, 21 may kuni soat 12:18 lar atrofida «O‘zbekiston» yo‘nalishida harakatlanayotgan 43- yo‘nalishdagi poyezd nosozlik yuzaga keldi.

Toshkent metropoliteni bergan ma’lumotga ko‘ra, poyezd nosozlik sabab sekin harakatlanib «Chorsu» metro bekatiga belgilangan jadvaldan kech kirib kelganligi sababli qayta tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida ushbu bekatga yo‘lovchilarni tushirib belgilangan hududga harakatlangan.

2 daqiqadan so‘ng esa ushbu poyezd ortidan kelgan harakat tarkibi yo‘lovchilarni olib, jadval asosida harakatlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!