Toshkent metrosida 21 yoshli yigit nega o‘zini poyezd tagiga tashlagani ma’lum bo‘ldi

Toshkent metrosida 21 yoshli yigit nega o‘zini poyezd tagiga tashlagani ma’lum bo‘ldi

«Toshkent metropoliteni» DUK ning rasmiy telegram-kanalida metropolitenning “Pushkin” bekatida 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro qasddan poyezd yo‘lagiga o‘zini tashlaganligi haqida xabar chiqarilgan.

Aniqlanishicha, 14 aprel kuni soat tahminan 17.30 larda “Pushkin” metro bekatida 21 yoshli erkak o‘ziga tanish bo‘lgan qiz bilan o‘zaro muammosi borligi tufayli gap talashib, kelisha olmaganidan so‘ng o‘zini elektropoyezd tagiga tashlagan.

Fuqaro tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganida, unga hech qanday tan jaroxati yetkazilmaganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!