Toshkent yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichi qachon qurib bitkazilishi ma’lum bo‘ldi

Toshkent yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichi qachon qurib bitkazilishi ma’lum bo‘ldi

Toshkent yerusti metrosining ikkinchi bosqichi doirasida beshta bekatni shu yil yakunida va qolgan ikkitasini kelgusi yil Navro‘zda ishga tushirish mo‘ljallangan. Bu orqali 62 ta mahalladagi 250 mingga yaqin aholi metropoliten bilan qamrab olinadi.

Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropoliteni infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

Davlat rahbariga qurilayotgan yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini davom ettirib, Sergeli yo‘nalishi bilan bog‘lash, zamonaviy qurilish uslublarini tatbiq etish, metro poyezdlarini yangilash, yo‘lovchi oqimini yanada oshirish rejalari haqida axborot berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!