Toshkent aeroportida terminallararo bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent aeroportida terminallararo bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent aeroportining mahalliy va xalqaro aviaqatnov terminallari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. UzPort stikerli avtobus har kuni soat 05.00 dan 23.30 gacha xizmat ko‘rsatadi.

Terminallararo transport har soatda jadvalga muvofiq harakatlanadi. Xalqaro aviakoqatnovlar terminalida avtobus jo‘nab ketish zali yonidagi to‘xtash joyida avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lak bo‘ylab harakatlanadi, mahalliy terminalda esa kirish eshigi yonigacha boradi.

Avtobus xizmatlaridan barcha xohlovchilar mutlaqo bepul foydalanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!