Toqayevning inaugurasiyasi sanasi e’lon qilindi

Toqayevning inaugurasiyasi sanasi e’lon qilindi

Avval xabar qilinganidek, Qozog‘istondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Qosim-Jo‘mart Toqayev g‘alaba qozondi. Bugun MSKda bo‘lib o‘tgan brifingda yangi saylangan prezidentning inaugurasiyasi kelayotgan shanba – 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi.

Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Qosim-Jo‘mart Toqayev 81,31 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. “Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonunning 3-moddasiga muvofiq, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti xalqqa quyidagi qasamyod qabul qilingan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishadi:

“Qozog‘iston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Qozog‘iston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti sifatida o‘zimga yuklangan yuksak burchlarini vijdonan bajarishga tantanali ravishda qasamyod qilaman”.

Qasamyod matni Prezident tomonidan davlat tilida talaffuz qilinadi. Ilgari Qozog‘iston Prezidenti 5 yilga saylangan va birinchi muddat tugaganidan keyin qayta saylanishi mumkin edi. Endi mamlakatda bir martalik yetti yillik prezidentlik muddati mavjud


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!