Topib ko‘ring-chi! Psixologlar tomonidan sevgi va karyera uchun eng yaxshi yosh belgilandi

Topib ko‘ring-chi! Psixologlar tomonidan sevgi va karyera uchun eng yaxshi yosh belgilandi

Psixologiya bo‘yicha mutaxassislar munosabatlar va karyera uchun eng yaxshi yoshni aniqladilar.

Ma’lum bo‘lishicha, 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar dam olishlari va o‘zlarining zavqlari uchun yashashlari, o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lishlari mumkin, chunki 30 dan 42 yoshgacha bo‘lgan davr jiddiy munosabatlar va karyera qurish uchun eng to‘g‘ri vaqt ekan.

Ta’kidlanishicha, tadqiqot bilan Buyuk britaniyalik akademiklar shug‘ullangan.

Tadqiqot davomida mutaxassislar sevgi, martaba va baxt uchun eng yaxshi yosh 30 dan 42 yoshgacha bo‘lgan davr ekanligiga amin bo‘ldilar.

Ular buni yoshlar hayotda nima qilish kerakligini, qanday maqsadlarni qo‘yishni va qanday qilib to‘g‘ri yashashni bilmasliklari bilan asoslashdi.

30 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan davrda esa inson jismoniy shakllanishning cho‘qqisiga chiqadi va kelajakka optimistik munosabatda bo‘ladi, shu bilan birga amalga oshirilishiga yordam beradigan muayyan xatti-harakatlar qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!