Tolibonning bu galgi hukumati ham qo‘lni kesish va qatl qilish jazolari joriy etadi — Mulla Nuriddin Turobiy

Tolibonning bu galgi hukumati ham qo‘lni kesish va qatl qilish jazolari joriy etadi —  Mulla Nuriddin Turobiy

Tolibon asoschilaridan biri, oxirgi marta Afg‘onistonni Tolibon boshqarganida islom qonunlarini qattiq talqin qilishning asosiy ijrochisi Mulla Nuriddin Turobiy bu galgi hukumat ham qo‘lni kesish va qatl qilish jazolari joriy etishini ma’lum qildi.

Associated Press agentligiga bergan intervyusida Mulla Nuriddin Turobiy qatllar o‘tmishdagi kabi stadionda, olomon oldida sodir qilinmasligi mumkinligini aytdi. Shu bilan birga u dunyo hamjamiyatini Afg‘onistonning yangi hukumatining ishiga aralashmaslikdan ogohlantirdi.

"Hamma bizni maydondagi jazolar uchun tanqid qildi, lekin biz ularning qonunlari va jazosi haqida hech qachon hech narsa demaganmiz. Hech kim bizga qonunlarimiz qanday bo‘lishi kerakligini aytmaydi. Biz Islomga amal qilamiz va qonunlarimizni Qur’on bo‘yicha chiqaramiz", — deb ta’kidladi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!