"Tolibon" Tojikiston chegarasidagi hududni bosib oldi

"Tolibon" Tojikiston chegarasidagi hududni bosib oldi

Tojikistonning Xatlon viloyati Panj tumani bilan chegarada joylashgan Afg‘onistonning Qunduz provinsiyasidagi Imom Sahib viloyati "Tolibon" tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Afg‘onistonning "Pajvok" agentligi muxbiri Ajmal Kokar "Aziya-Plyus"ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, toliblar bu hududni bir soatdan sal oldinroq egallab olishgan va endi jangarilar Qunduz shahrini qamal qilmoqda.

"Shaharga kiraverishdagi eshiklar allaqachon toliblar qo‘lida, shaharning o‘zi qamalda. Shaharda vaziyat qizib bormoqda", - dedi Kokar. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, hozirda zararlar haqida xabar berilmagan.

"Qurbonlar bo‘lmasligi mumkin, chunki hukumat qo‘shinlari chekinmoqda", - dedi manba.

Ajmal Kokarning aytishicha, Toliblar Imom Sohib viloyatini qo‘lga olish orqali Tojikiston bilan chegaradosh qishloq va daryo porti bo‘lgan Sherxon Bandarga yaqinlashgan. U Imom Sohibning g‘arbiy qismida, Panj daryosining janubiy qirg‘og‘ida, Tojikiston bilan chegaradosh qishloqda joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!