“Tolibon” qudratli davlatlardan biri bilan til biriktirdi

“Tolibon” qudratli davlatlardan biri bilan til biriktirdi

Ta’kidlanishicha, ushbu bayonotni Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I Farg‘ona axborot agentligining Tyantszin shahriga etib kelgan radikal toliblar harakati (Rossiyada va boshqa ko‘plab mamlakatlarda taqiqlangan) delegasiyasi bilan muzokaralar paytida aytgan.

Tashkilotning bosh muzokarachisi mulla Abdul-G‘ani Baradar boshchiligida toliblardan iborat to‘qqiz kishilik delegasiya kelganligi aytilgan xabarda.

Muzokaralar chog‘ida Van I Tolibondan uyg‘ur bo‘lginchi tashkiloti – Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati bilan barcha aloqalarini uzishni talab qilgan.

“O‘z navbatida, Xitoy hukumati Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaslikka va’da berdi, ammo bu mamlakatda tinchlik o‘rnatishga yordam berishga tayyorligini bildirdi”, deyiladi xabarda.

“Biz har doim butun afg‘on xalqiga nisbatan do‘stona siyosat yuritganmiz. AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan shoshilinch ravishda olib chiqib ketilishi bu mamlakatda Amerika strategiyasining barbod bo‘lganidan dalolat beradi. Tolibon harbiy va siyosiy kuch sifatida Afg‘onistonda hal qiluvchi rol o‘ynaydi va biz u erda tinchlik va barqarorlikni tiklashning asosiy omiliga aylanadi deb umid qilamiz”, — degan Van I.

Harakat vakillari Afg‘oniston xalqi bilan, xususan koronavirusga qarshi kurashda olib borilayotgan doimiy hamkorlik uchun Xitoyga minnatdorlik bildirdi. Xitoyni Afg‘oniston hududi boshqa hech bir mamlakatga qarshi ishlatilmasligiga ishontirdi.

Xitoy-Afg‘oniston chegarasining uzunligi 76 km ni tashkil qiladi, ammo u eng muammoli Xitoy mintaqasi – Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidan o‘tadi. U erda vaqti-vaqti bilan ommaviy namoyishlar yoki uyg‘ur musulmonlarining hokimiyatga qarshi qurolli harakatlari bo‘lib turadi.

Tyantszindagi muzokaralar iyul oyi o‘rtalarida radikal harakat jangarilari Vaxan chegara okrugini o‘z nazorati ostiga olib, Xitoy bilan chegaraga etib kelganidan keyin birinchi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!