Tolibon Makronning taklifini rad etdi

Tolibon Makronning taklifini rad etdi

«Tolibon» harakati Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Afg‘oniston poytaxti Kobulda gumanitar operasiyalar o‘tkazish uchun xavfsiz zona tashkil etish haqidagi taklifini rad etdi.

France Inter radiosining xabariga ko‘ra, bu haqda “Tolibon”ning Qatardagi siyosiy ofisi vakili Suhail Shohin ma’lum qilgan. “Bunga zarurat yo‘q. Afg‘oniston – mustaqil davlat. Xuddi shunaqa zonani Fransiya yoki Britaniyada tashkil etishimiz mumkinmi?” – dedi u.

Shuningdek, “Tolibon” vakili 31 avgustdan keyin har bir afg‘onistonlik xorijga chiqishi mumkinligini aytdi, buning uchun tegishli hujjatlar bo‘lishi zarur: pasport va viza. Suhail Shohin go‘yoki “Tolibon” muxoliflarning qora ro‘yxatini tuzgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi: “Bizda hech qanday qora ro‘yxat yo‘q. Biz xorijiy kuchlar yoki Kobuldagi ma’muriyat bilan ishlaganlarga umumiy amnistiya e’lon qilganmiz”.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Le Journal du Dimanche gazetasiga bergan intervyusida Kobulda xavfsizlik zonasining tashkil etilishi xalqaro hamjamiyatga “Tolibon” harakatiga bosimni saqlash qolishiga imkon berishini aytgan edi.

U

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!