Tolibon Kobulda afg‘onistonlik voleybolchi qizning boshini tanasidan judo qilgan

Tolibon Kobulda afg‘onistonlik voleybolchi qizning boshini tanasidan judo qilgan

Tolibon Kobulda Afg‘oniston yoshlar terma jamoasi voleybolchisining boshini tanasidan judo qildi.

Bu haqda Independent Persian nashri qizning jamoadoshlariga tayanib xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, ular Mahjabin Hakimini Tolibon tomonidan o‘ldirilgan deb da’vo qilishadi, lekin dahshatli qotillikning aniq vaqti noma’lum, ehtimol oktyabr oyining boshlarida, chunki o‘shanda sportchining oilasiga qizining taqdirini saqlab qolish talabi bilan tahdidlar qilingan.

Voleybolchilarning so‘zlariga ko‘ra, toliblar hokimiyatga kelganidan keyin, sportchilar jiddiy tahdidga duch kelishdi. Toliblar ularni ataylab qidirishdi, ular yashagan uylarni tintuv qilishdi. Sportchilar yashirinishga majbur bo‘lishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!