Tolibon harakati kuchlari o‘rtasidagi urush sabab Afg‘onistonning Toliqon shahri yopildi

Tolibon harakati kuchlari o‘rtasidagi urush sabab Afg‘onistonning Toliqon shahri yopildi

Tolibon kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Afg‘onistonning Taxor viloyati markazi Toliqon shahrini yopib qo‘ydi.

Afg‘onistonning Taxor viloyati markazi Toliqondagi to‘qnashularda Tolibon kuchli yengil va og‘ir qurollardan foydalangan va to‘qnashuvlarning shiddati shaharnig yopilishiga olib keldi.

To‘qnashuvlarda qurbon bo‘lganlar haqida aniq ma’lumotar hozirgacha mavjud emas, ammo ba’zi manbalar kamida 7 kishi halok bo‘lganini aytmoqda.

Afg‘onistonning shimolidagi Taxor viloyati axborot manbalari, to‘qnashuvlar Taxor viloyatida Tolibon harakatini xavfsizlik kuchlari a’zolaridan biri Mavlaviy Qodir Homiyni hibsga olishga uringanidan keyin uning tarafdorlari bilan to‘qnaushvidan keyin boshlangan.

O‘tgan yilning 15- avgustida Tolibon Afg‘onistonda hokimiyatni qayta qo‘lga kiritganidan keyin ichki kelishmovchiliklar sabab Afg‘onistonning turli hududlarida bu guruh kuchlari o‘rtasida ko‘plab to‘qnashuvlar yuz bergan. Ularning ba’zilari g‘animatlar, davlat mulki yoki missiya hududlariga aralashgani sabab yuzaga kelgan to‘qnashuvlarda Tolibondan tashqari tinch aholi ham qurbon bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!