Tolibon davlat xizmatchilariga qo‘shimcha ishda ishlashni taqiqladi

Tolibon davlat xizmatchilariga qo‘shimcha ishda ishlashni taqiqladi

Jurnalist Bilol Sarvari Tolibon Ichki ishlar vazirligi muhri bosilgan hujjatning skaner nusxasini ommaga taqdim qildi.

Unga ko‘ra, Afg‘oniston yoki xorijga tegishli har qanday muassasa, uyushma yoki kompaniya o‘z bo‘limi roziligisiz davlat xizmatchisini ishga olishi mumkin emas. Davlat xizmatidan o‘z bo‘limi roziligisiz ketgan shaxsga 2 yil muddatga nodavlat notijorat tashkilotlarida ishlash mumkin emasligi belgilandi.

Muntazam ravishda ishdan bo‘shatilganligi yoki jinoiy huquqbuzarliklari tufayli davlat xizmatidan bo‘shatilgan shaxsga 2 yil davomida nodavlat notijorat tashkilotlarida ishlash taqiqlanadi.

Tolibon amirining shunga o‘xshash mazmundagi farmoni haqida xabarlar may oyida sizdirilgan, ammo u rasman nashr etilmagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!