Tolibon bevalar va yetimlarni qo‘llab-quvvatlash uchun byudjetdan 148,5 million dollar ajratdi

Tolibon bevalar va yetimlarni qo‘llab-quvvatlash uchun byudjetdan 148,5 million dollar ajratdi

Bu haqda Tolibon bosh vazirining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul-Salom Hanafiy ma’lum qildi.

Kobulda ular bo‘yicha statistik ma’lumotlar Bosh vazirning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul-G‘ani Baradar boshchiligidagi tegishli qo‘mita tomonidan yangilangan: shu kungacha Afg‘oniston poytaxti ko‘chalaridan sadaqa so‘ragan 7,4 ming kishi yig‘ilib, ro‘yxatga olingan. Ulardan 2 ming 462 nafar nogiron va nafaqa olish huquqiga ega deb topildi, 4 ming 897 nafari ish bilan ta’minlanadi, 41 nafar yetim bola Mehribonlik uylari tarbiyasiga beriladi. Ko‘chada qo‘lini cho‘zgan holda yana kim ko‘rinsa, qamoqqa tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!