Tolibon ayollar qatnashgan film va seriallarni taqiqladi

Tolibon ayollar qatnashgan film va seriallarni taqiqladi

Avgust oyida Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritgan “Tolibon” radikal harakati mahalliy telekanallarga ayollar ishtirokidagi filmlar ko‘rsatishni taqiqlagan edi. Afg‘onistonlik jurnalist Bilol Sarvariy o‘zining Tvitterdagi sahifasida Islomiy fazilatlarni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligining tegishli qarorini e’lon qildi.

Taqiq toliblar hokimiyat tepasiga kelguniga qadar afg‘onlar orasida juda mashhur bo‘lgan hind, amerika va yevropa filmlari va seriallarini ko‘rsatishga tegishlidir.

Islomiy fazilatlarni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi qarorida Afg‘onistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi yana yetti band bor.

Xususan, telekanallarga shaxslarni “haqorat qiladigan” yoki “tahqirlovchi” yoki “tolibon” harakatining islom qonunlari va afg‘on madaniyati talqiniga zid bo‘lgan film, komediya yoki ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarni efirga uzatmaslik topshirilgan.

Muhammad payg‘ambar yoki uning sheriklari ishtirokidagi har qanday film yoki dasturlar ham taqiqlangan.

Taqiq endi tolibon standartlariga muvofiq kiyinmagan erkaklarni ko‘rsatadigan dasturlarni o‘z ichiga oladi. Ayol boshlovchilarga, agar sochlari hijob bilan o‘ralgan bo‘lsa, televizorda ishlashga ruxsat beriladi.

Avvalroq Tolibon Kobuldagi barcha kinoteatrlarni yopishga buyruq bergani xabar qilingandi. Radikallar, asosan, hind, Yevropa va Amerika filmlari namoyish qilinadigan kinoteatrlar ishi shariat qonunlariga zid, degan xulosaga keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (11 )

    @ 1050
    бизда хам шундай килиш керак
    dilirabo
    Шу толибонларни у́зи у́рмонгами ёки зоопаркками жойлаштириш керакми дейманда🤔 хеееч битта харакатлари онгли мавжудод- инсоний хаётга ту́гри келмаяпди. Ха Ислом маркази - пайгамбаримиз с.а.в юрти бу́лган Арабистонда хам бунака килишмайдику. Аёлларни хайвонни кафасга солгандай кафаслаб🙄 Ислом динини юзига кора чапламай у́лгурлар
    Нимасини айтас ужас просто
    @ 1050
    Айол тугишши бола парваришши эрини хизматини килиш керак бало борми кучада
    ИЛҲОМЖОН
    Қарғиш зури бӯлдику😁
    Агар ёнизда бӯлганда соқолини юлвоган буламидиз😁
    Wirina
    🤣
    dilirabo
    Йу́геее, каргишмас , бурунги бувиларимизи одатий гапидан ишлатдимда
    Axmad
    Tolibonlar hayvondan batar mavjudod uzini ayol tuqaniga ishonmaydi. Bular hayota nima uchun kelganiniyam bilmaydi. Musulmon deb uzini dinniy qilib kursatadi lekin duzaxni turidan joy oladigan maxluqlar bular
    Dilshod
    Узинг аник тушунмаган бирор нарса тугрисида хулоса килма.
    Axmad
    Bular qanaqa maxluqlar hayotda nima uchun yashayotganiniyam bilmaydi
    Ха бу
    Тугри бу аслида никоб халос...