Tokioda Boeing samolyoti nosozlik tufayli majburiy qo‘nishga to‘g‘ri keldi

Tokioda Boeing samolyoti nosozlik tufayli majburiy qo‘nishga to‘g‘ri keldi

Yaponiyaning Japan Airlines (JAL) aviakompaniyasiga qarashli Boeing 777 yo‘lovchi samolyoti Tokioning Xaneda aeroportiga halokat sharoitida qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb yozmoqda Kiodo agentligi.

Mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9 larda Tokio- Naxu yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyot osmonga ko‘tarilgandan keyin yana Xaneda aeroportiga qaytib qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Agentlikning ma’lum qilishicha, bunga chap dvigateldagi nosozlik sabab bo‘lgan, voqeaning boshqa tafsilotlari keltirilmayapti.

Samolyot bortida 300 kishi bo‘lgani, hech kim jabr ko‘rmagani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!