Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning o‘n uchinchi kunini medalsiz yakunladi

Tokio-2020: O‘zbekiston Olimpiadaning o‘n uchinchi kunini medalsiz yakunladi

Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining o‘n uchinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika, erkin kurash hamda zamonaviy beshkurash bellashuvlarida qatnashishdi.

Musobaqaning navbatdagi kunini O‘zbekiston medalsiz yakunlagan bo‘lsa ham, yengil atletikachi Safina Sadullayeva va erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda.

Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston ikkita oltin va bitta bronza medali bilan musobaqa jadvalining 32-pog‘onasini egallab turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!