Tojikistondagi suv ombori yorilgani haqida: Sirdaryo hokimi xalqqa murojaat qildi

Tojikistondagi suv ombori yorilgani haqida: Sirdaryo hokimi xalqqa murojaat qildi

2021 yil 14 yanvar kuni yarim tunda ijtimoiy tarmoqlar orqali Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Qayroqqum suv omborining yorilishi natijasida suv toshqini sodir bo‘lganligi to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqaldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Bu xabar toshqindan zarar ko‘rgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin kabi tumanlarda jiddiy vahima uyg‘otgan. Ayrimlar o‘z yashash hududini tark etishga oshiqqani holatlar ham bo‘ldi.

Bundan xabar topgan viloyat hokimi tumanlarga yetib bordi. 

G‘ofurjon Mirzayev bu kabi xabar tarqalishiga xech qanday asoslar mavjud emasligini bildirdi. Aholini yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikka va sarosimaga tushmaslikka chaqirdi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!