Tojikistondagi Iskandarko‘lga prezidentning nomini berish taklif qilindi

Tojikistondagi Iskandarko‘lga prezidentning nomini berish taklif qilindi

Tojikiston parlamenti spikerining sobiq o‘rinbosari, mamlakatning Rossiyadagi sobiq elchisi Abdumajid Dostiyev Iskandarko‘l nomini Ko‘li Rahmon yoki Rahmonko‘l deb qaytadan nomlash taklifini bildirdi.

Ushbu taklif uning Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonga yo‘llagan va “SSSR” gazetasida e’lon qilingan tashakkurnomasida bildirilgan.
Dostiyevning yozishicha, makedoniyalik Iskandar Markaziy Osiyoga bostirib kirganida ko‘plab qirg‘inlarni amalga oshirgan, o‘sha paytdagi xoin amaldorlar esa ko‘lga bosqinchining nomini bergan. “Qonxo‘r sarkarda qon to‘kkan joydagi ko‘lga uning nomini berish qanchalar katta xato! Bu ko‘lning nomini o‘zgartirish zarur”, – dedi u.
Sobiq siyosatchining fikriga ko‘ra, Tojikiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ko‘lni Ko‘li Rahmon deb atash adolatdan bo‘ladi. “Tojiklar tarixida hech bir podshoh, amir va boshqa rahbarlar o‘z hayotini Imomali Rahmonchalik mamlakat himoyasi va barqarorligi uchun bag‘ishlamagan”, – deya ta’kidladi sobiq elchi.
Qolaversa, Abdumajid Dostiyev agar ko‘lning nomi o‘zgartirilsa, Tojikistonda “bosqinchi va yovuz Iskandarning nomi yo‘qoladi”.
Iskandarko‘l Hisor tog‘ tizmasining shimoliy yon bag‘rida, dengiz sathidan 2195 metr balandlikda joylashgan. Ayrim manbalarda makedoniyalik Iskandar Markaziy Osiyodan Hindistonga ketayotib shu yerda to‘xtab o‘tgani aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!