Tojikistonda UzAuto Motors zavodi ochiladi

Tojikistonda UzAuto Motors zavodi ochiladi

9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga tashrifi arafasida Baxtarda birinchi o‘zbek-tojik mintaqalararo investisiya forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum davomida "UzAuto Motors" avtoulovlarini ishlab chiqarish bo‘yicha "Auto Motors Tadjikistan" qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi. Ushbu loyiha Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabirning 2021 yil 21 aprelda O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirildi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 2021 yil 5-7 may kunlari "O‘zavtosanoat" AK ishchi guruhi Tojikistonga tashrif buyurdi va u yerda sherik "AluminSo‘xtmon" kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlarini o‘rganib chiqdi va qo‘shma korxona tuzish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Umumiy qiymati 2 million dollar bo‘lgan loyihaning ishlab chiqarish quvvati dastlab 10 000 ta avtomobilni tashkil etadi, kelgusida esa 35 000 donaga yetkazish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!