Tojikistonda Eron dronlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Tojikistonda Eron dronlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Eronning Ababil-2 nomli uchuvchisiz uchish apparatini ishlab chiqaruvchi korxona 17 may kuni Tojikistonda ochildi, deb xabar beradi Eronning IRNA agentligi.

Nashrning qayd etishicha, Tojikistonda Eron uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqaruvchi korxona ikki respublika o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, korxona ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Boqiriy ishtirok etgan.

U Eron uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqaruvchi korxonaning ochilishi ikki respublika o‘rtasidagi harbiy hamkorlikda burilish nuqtasi bo‘lganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 may kuni Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Boqiriy Dushanbedagi Millat saroyida Tojikiston rahbari Imomali Rahmon bilan uchrashgan edi. Tomonlar respublikalar o‘rtasidagi xavfsizlik va harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi masalalarni muhokama qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!