Tojikiston Suriyadan fuqarolarini olib chiqmoqchi

Tojikiston Suriyadan fuqarolarini olib chiqmoqchi

Tojikiston hukumati Suriyadagi qochqinlar lagerlaridagi mamlakat fuqarolarini qaytarishni rejalashtirmoqda. Ushbu ro‘yxatga 260 nafar kishi kiritilgan.
Sputnik ma’lumotlariga ko‘ra, bu haqda Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin Dushanbedagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Vazir hozirda Tojikiston fuqarolari qurd tuzilmalari nazorati ostidagi hududda joylashgan "Al-havz" va "Ar-Ravz" lagerlarida ekanini ta’kidladi.

Sirojiddin Muhriddin avvalroq tojikistonliklarni Suriya lagerlaridan qaytarish masalasi rasmiy Damashq va xalqaro tashkilotlar bilan muhokama qilinganini qayd etgan edi.

"Qaytish masalasi pandemiya bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat va bu lagerlar joylashgan hududdagi xavfsizlikka bog‘liq", – deydi vazir.

Ushbu fuqarolarning aksariyati ayol va bolalar ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, BMT ekspertlari 57 mamlakat, jumladan, Tojikistonga murojaat qilib, Suriyadan qochqinlarni qaytarishga chaqirgan edi.

Mutaxassislarning aytishicha, hozirda Suriya lagerlarida 64 mingdan ortiq odam bor.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!